QISHLOQ JOYLARIDA XIZMAT KO‘RSATISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI IFODALOVCHI KO‘RSATKICHLAR
Keywords:
qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, bandlik, mahalliy iqtisodiyot, mehnat taqsimoti, infratuzilmaAbstract
Maqola qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasining aholi bandligidagi o‘rni va uning samaradorligini tahlil qiladi. Qishloq hududlarida iqtisodiy faollik asosan agrar sektorga bog‘liq bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi aholining bandligini oshirish, daromad manbalarini diversifikatsiya qilish va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada xizmat ko‘rsatish turining turlari, aholi bandligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni o‘lchash metodologiyasi va qishloq hududlarida mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, maqolada qishloq xizmatlarining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini baholashda ishlatiladigan indikatorlar, statistika ma’lumotlari va ularning amaliy ahamiyati keltiriladi. Tadqiqot natijalari qishloq joylarida bandlikni oshirish bo‘yicha siyosiy va strategik qarorlarni ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi