MUSIQANING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI JAMIYATGA TA’SIRI
Keywords:
ommaviy axborot vositalari, jamiyat, musiqa, televidiniya, internet platformalari, kontent, musiqiy mahsulotlar, ma’naviy qadriyatlarAbstract
Mazkur maqolada musiqaning ommaviy axborot vositalari orqali jamiyatga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Zamonaviy axborot makonida musiqa nafaqat san’at turi sifatida, balki kuchli ijtimoiy va tarbiyaviy vosita sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, radio, televideniya, internet platformalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali musiqa keng ommaga tez va samarali yetib borib, jamiyat a’zolarining dunyoqarashi, qadriyatlari, madaniy didi hamda xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.Ushbu maqolada musiqaning ommaviy axborot vositalari orqali jamiyatga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Zamonaviy axborot makonida musiqa nafaqat san’at turi sifatida, balki kuchli ijtimoiy va tarbiyaviy vosita sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, radio, televideniya, internet platformalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali musiqa keng ommaga tez va samarali yetib borib, jamiyat a’zolarining dunyoqarashi, qadriyatlari, madaniy didi hamda xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda maqolada jamiyatda media savodxonlikni rivojlantirish zarurligi alohida urg‘u bilan yoritilgan. Chunki media orqali tarqalayotgan musiqiy kontentni to‘g‘ri tahlil qilish, uni ongli ravishda qabul qilish va zararli ta’sirlardan himoyalanish ko‘nikmalari haqida ham so’z olib orilganligi uchun bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ota-onalar, pedagoglar va jamiyatning boshqa institutlari zimmasiga yosh avlodni to‘g‘ri yo‘naltirish, sifatli musiqiy mahsulotlarni targ‘ib qilish va milliy hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash vazifasi yuklatilishi ta’kidlab o’tilgan