MENING SOHAMDA IZ QOLDIRGAN ALLOMA

Authors

  • Saxomiddinova Shoxsanam Sirojiddin qizi Author

Keywords:

Farobiy, Sharq falsafasi, Aristotel, “Fazilatlangan shahar”, mantiq, musiqa nazariyasi, o‘rta asr islom falsafasi, fanlar sinfi

Abstract

Ushbu maqola Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Farobiyning hayotini tahlil qilishga bag’ishlangan.Tadqiqotning asosiy maqsadi Farobiyning hayot yo’lini  tahlil qilish va ilmiy ishlarini o’rganishdir.Tahlillar shuni ko’rsatadiki ,Abu Nasr Farobiy (873-950) -o’rta asr Sharq falsafasining buyuk namoyandasi ,aristotelchilik an’analarini sharq mutafakkirlariga yetkazuvchi , ,, Ikkinchi o’qituvchi’’ (Muallim-us-saniy) unvoniga sazovar bo’lgan alloma.Uning hayoti va ijodi haqidagi ushbu maqola falsafiy qarashlari ,ilmiy yutuqlari va tarixiy ahamiyatiga bag’ishlanadi. Farobiy o‘zining falsafiy tizimi bilan Islom falsafasining rivojlanishiga hal qiluvchi hissa qo‘shgan. U Aristotel va Platon g‘oyalarini sintez qilib, o‘ziga xos falsafiy konsepsiyani yaratgan. Maqolada uning “Fazilatlangan shahar” nazariyasi, bilish nazariyasi, tilshunoslikka oid qarashlari va musiqa ilmiga qo‘shgan hissasi yoritiladi.Shuningdek, Farobiyning astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot kabi turli sohalardagi ilmiy yutuqlari, shuningdek uning asarlarining Yevropa ilmiy fikriga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Maqola falsafiy merosining bugungi kundagi  dolzarbligini va O‘rta Osiya madaniy merosidagi o‘rnini tahlil qiladi

Author Biography

  • Saxomiddinova Shoxsanam Sirojiddin qizi

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Filologiya fakulteti horijiy til va adabiyoti:
    Ingliz tili yonalishi
      107-guruh 1-bosqich talabasi.

    E-mail: shoxsanamsaxomiddinova@gmail.com
    Tel:+998900742027

References

Published

2026-05-13