DON MAHSULOTLARINI SAQLASH DAVRIDA COLEOPTERA TURKUMIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI
Keywords:
Coleoptera, don zararkunandalari, kimyoviy kurash, insektitsidlar, fumigatsiya, saqlash davri, oziq-ovqat xavfsizligi, don omborlari, ekologik xavfsizlik, zararkunandalarga qarshi choralarAbstract
Mazkur tezisda don mahsulotlarini saqlash davrida Coleoptera (qattiqqanotlilar) turkumiga mansub zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurash choralari yoritilgan. Donni uzoq muddat saqlash jarayonida zararkunandalar faoliyati mahsulot sifatining pasayishiga, oziqovqat xavfsizligining buzilishiga va iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi. Shu sababli samarali himoya choralarini ishlab chiqish va qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda don omborlarida keng tarqalgan Tribolium confusum, Sitophilus granarius, Rhyzopertha dominica kabi hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar, ularning ta’sir mexanizmi, qo‘llash usullari hamda xavfsizlik talablari tahlil qilinadi. Shuningdek, kimyoviy usullarni ekologik xavfsiz va samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi.