ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINING INSON ORGANIZMI NAFAS OLISH ORGANLARI SISTEMASIGA SALBIY TA’SIRI

Authors

  • Ilyasova Jamila Mirzabekovna Author

Keywords:

atmosfera havosi, havo ifloslanishi, nafas olish tizimi, o‘pka, zararli gazlar, chang zarrachalari, bronxial astma, bronxit, ekologiya, inson salomatligi.

Abstract

Ushbu tezisda atmosfera havosining ifloslanishi va uning inson organizmi nafas olish organlari sistemasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri yoritilgan. Sanoat korxonalari, transport vositalari, yoqilg‘i yonishi, qurilish ishlari va tabiiy chang bo‘ronlari natijasida havoga tarqaladigan zararli moddalar hamda mayda dispers zarrachalarning nafas yo‘llariga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, havo ifloslanishining bronxial astma, bronxit, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va boshqa respirator muammolar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilish va nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan

Author Biography

  • Ilyasova Jamila Mirzabekovna

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

    Biologiya fakulteti “Biologiya kafedrasi” umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi magistranti

References

Published

2026-10-15