TURK TILIDA OT SO‘Z TURKUMI BO‘YICHA MATEMATIK MODELLARNI QURISH VA LINGVISTIK PROTSESSORNI YARATISH
Keywords:
turk tili, ot so‘z turkumi, matematik model, lingvistik protsessor, kompyuter lingvistikasi, morfologik tahlil, grammatik kategoriya, algoritm, tabiiy tilni qayta ishlash, avtomatlashtirish, lug‘aviy asos, qo‘shimchalar, unli tovushlar uyg‘unligi, elektron lug‘at, dasturiy ta’minotAbstract
Mazkur tezisda turk tilidagi ot so‘z turkumining morfologik xususiyatlarini matematik modellashtirish va ushbu modellar asosida lingvistik protsessor yaratish masalalari yoritiladi. Turk tilidagi otlarning lug‘aviy asoslari, ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalari, shuningdek, unli tovushlar uyg‘unligining grammatik shakllanish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Otlarning morfologik tuzilishini formal ifodalash, so‘z shakllarini avtomatik aniqlash va grammatik kategoriyalarni belgilash algoritmlarini ishlab chiqish tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kompyuter lingvistikasi vositalaridan foydalanish orqali turk tilidagi matnlarni avtomatik tahlil qilish, elektron lug‘atlar yaratish va tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarini takomillashtirish imkoniyatlari asoslanadi