ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA QISQARTMALARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI

Authors

  • Boymaxmadova Dilnura Author

Keywords:

o‘zbek tili, qisqartma, abbreviatura, initsial qisqartma, leksik qisqartma, termin, til iqtisodiyoti, nominatsiya, kommunikatsiya, internet tili

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek tilida qisqartmalarning qo‘llanishi, ularning tarkibiy tuzilishi, hosil bo‘lish usullari va funksional-semantik xususiyatlari lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy kommunikatsiya jarayonida axborot hajmining ortishi, ilmiy-texnik terminologiyaning kengayishi hamda elektron muloqotning jadallashuvi natijasida qisqartmalardan foydalanish ko‘lamining kengayib borayotgani bilan belgilanadi. Tadqiqotda tavsifiy, strukturaviy, semantik, funksional-uslubiy va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. O‘zbek tilidagi qisqartmalar rasmiy-idoraviy, ilmiy, publitsistik va internet kommunikatsiyasi materiallari asosida guruhlarga ajratildi. Tahlil natijasida qisqartmalarning til iqtisodiyoti tamoyilini ta’minlash bilan bir qatorda, terminologik nominatsiya, matnning ixchamligi va kommunikativ tezkorlikni oshirish vazifalarini ham bajarishi aniqlandi

Author Biography

  • Boymaxmadova Dilnura

    Chirchiq davlat pedagogika unversiteti Gumanitar fanlar fakulteti

    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

References

Published

2026-10-17