QISHLOQ TURIZMINING HUDUDIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA MAHALLIY AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI

Authors

  • Qaljanbaev Aqilbek Author

Keywords:

qishloq turizmi, mahalliy aholi bandligi, hududiy rivojlanish, jamoaviy turizm, mehmon uylari, Qoraqalpog‘iston

Abstract

Tezisda qishloq turizmining hududiy rivojlanish xususiyatlari va uning mahalliy aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati xorij, MDH, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tadqiqotlari hamda statistikasi asosida tahlil qilingan. Jahon turizm tashkiloti so‘roviga ko‘ra, 79 ta a’zo davlatning 59 foizi qishloq turizmini ustuvor yo‘nalish deb hisoblaydi. O‘zbekistonda joylashtirish va ovqatlanish xizmatlarida yuridik shaxslar xodimlari soni 2019–2024-yillarda 121,2 mingdan 162,7 minggacha (+34,3%) oshgan, biroq oilaviy mehmon uylaridagi norasmiy bandlik bu statistikada aks etmaydi. Qoraqalpog‘istonda 2024-yilda 200,7 ming xorijiy va 2 mln dan ortiq ichki turist qabul qilingan; joylashtirish obyektlarining 45,5 foizini xususiy uylar tashkil etadi. Bandlikni ta’minlash uchun ichki bozorga yo‘naltirilgan oilaviy va jamoaviy modellar hamda qishloq turizmi statistikasini alohida yuritish tavsiya etiladi

Author Biography

  • Qaljanbaev Aqilbek

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,

    Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti

    Email: aqilbekqaljanbaev654@gmail.com

    ORCID: 0009-0001-9786-6198

References

Published

2026-10-25