SPORTCHILAR IJARASI NOTIPIK MEHNAT MUNOSABATLARINING SHAKLI SIFATIDA
Keywords:
sportchi ijarasi, transfer, secondment, notipik mehnat munosabatlari, vaqtinchalik o‘tkazish.Abstract
Mazkur maqolada sportchini boshqa ish beruvchiga vaqtinchalik o‘tkazish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlar tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining sportchilar mehnatini tartibga soluvchi normalari asosida sportchini boshqa ish beruvchiga vaqtinchalik o‘tkazishning huquqiy tabiati ochib berilgan hamda ushbu institutning sekondment instituti bilan o‘zaro nisbatlari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, sportchilar a ijarasi bilan bog‘liq xalqaro amaliyot, xorijiy davlatlar tajribasi hamda sport reglamentlari tahlil qilinib, doimiy transfer va vaqtinchalik transfer o‘rtasidagi farqlar yoritilgan. Maqolada sportchini boshqa ish beruvchiga vaqtinchalik o‘tkazish munosabatlarining mehnat-huquqiy xususiyatlari, uch tomonlama munosabatlarning mavjudligi hamda sport mehnatining o‘ziga xos jihatlari asosida mazkur institutning notipik mehnat munosabatlaridan biri ekanligi asoslab berilgan.