VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Keywords:
voyaga yetmaganlar, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, psixologik omillar, o‘smirlar xulqi, agressiya, ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, tengdoshlar ta’siri, profilaktika, maktab psixologi, deviant xulq, psixologik yordam.Abstract
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari hamda uning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘smirlar xulq-atvorida huquqbuzarlikka moyillikni keltirib chiqaruvchi oilaviy muhit, ijtimoiy sharoit, tengdoshlar ta’siri, tarbiya jarayonidagi kamchiliklar va shaxsiy psixologik xususiyatlar yoritilgan. Maqolada jinoyatchilikka olib keluvchi xavf omillarini erta aniqlash, profilaktik ishlarni tashkil etish hamda maktab psixologi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati orqali salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, o‘smirlar bilan psixologik ish olib borishning samarali usullari va tarbiyaviy yondashuvlar haqida amaliy tavsiyalar berilgan.