NEMIS TILIDAN O‘ZBEK TILIGA YOVVOYI HAYVON NOMLARI BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIZMLARNI TARJIMA QILISH PRINSIPLARI
Keywords:
frazeologizm, zoonim, zoomorfizm, tarjima prinsiplari, adekvatlik, ekvivalentlik, funksional moslik, lingvokulturologiya, struktura, semantika.Abstract
Mazkur maqola nemis tilidan o‘zbek tiliga yovvoyi hayvon nomlari asosida shakllangan frazeologik birliklarni tarjima qilish muammolariga bag‘ishlangan. Unda zoonim frazeologizmlarning semantik mazmuni, strukturaviy tuzilishi hamda lingvokulturologik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Shuningdek, bunday birliklarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklar, milliy-madaniy tafovutlar va ularning tarjimada aks ettirilish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida adekvatlik va funksional moslik tamoyillari asosida tarjima strategiyalari ishlab chiqilib, nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik tizimlar qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Olingan natijalar frazeologik birliklarni samarali tarjima qilish, ularning mazmuniy va uslubiy xususiyatlarini saqlab qolish hamda tarjima amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.