O‘SMIRLARDA O‘ZINI BAHOLASH MUAMMOSI VA UNING TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI

Authors

  • Sharipov Yoqub G‘apporovich Author

Keywords:

o‘zini baholash, o‘smir psixologiyasi, o‘quvchi shaxsi, o‘quv motivatsiyasi, emotsional holat, ijtimoiy moslashuv, o‘ziga ishonch, past o‘zini baholash, yuqori o‘zini baholash, ta’lim jarayoni, maktab psixologi, psixologik qo‘llab-quvvatlash.

Abstract

Mazkur maqolada o‘smirlarda o‘zini baholash muammosi va uning ta’lim jarayoniga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. O‘zini baholashning past yoki haddan tashqari yuqori darajada bo‘lishi o‘quvchilarning emotsional holati, o‘quv motivatsiyasi, ijtimoiy munosabatlari va ta’limdagi muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, o‘smirlik davrida shaxsning o‘zini anglash jarayoni murakkab kechishi, tengdoshlar fikriga sezgirlik hamda oilaviy va maktab muhitining bu jarayondagi o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘zini to‘g‘ri baholashni shakllantirishda maktab psixologi, pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi, shuningdek, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijobiy muhit yaratishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Author Biography

  • Sharipov Yoqub G‘apporovich

    Jizzax viloyati Forish tumani MMTB ga qarashli 80-sonli maktab amaliyotchi psixologi

     

References

Published

2026-05-15