ABDULLA QAHHORNING ’’BEMOR’’ HIKOYASI MISOLIDA IQTISODIY TENGSIZLIKNING OILA MUHITIGA TA’SIRI

Authors

  • Turg’unova Zohida Shavkat qizi Author

Keywords:

Abdulla Qahhor, “Bemor” hikoyasi, adabiyotshunoslik, iqtisodiy sotsiologiya, iqtisodiy tengsizlik, qashshoqlik tuzog‘i, inson kapitali, oila budjeti.

Abstract

Ushbu maqolada so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi adabiyotshunoslik va iqtisodiy sotsiologiya tutashgan nuqtada tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan mo‘jazgina oila fojiasi orqali jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlikning inson taqdiri va oila muhitiga ko‘rsatadigan halokatli ta’siri yoritilgan. Asarda aks etgan real hayotiy voqea orqali yozuvchi kambag‘allik, moddiy ehtiyojva oilaviy tushunmovchiliklar orasidagi uzviy bog‘liqlikni yoritgan.Maqolada sotuvchi yigitning chorasizligi misolida "qashshoqlik tuzog‘i", "inson kapitalining qadrsizlanishi" va resurslar taqchilligi sharoitidagi "samarasiz xarajatlar" kabi iqtisodiy tushunchalar adabiy-falsafiy tilda tadqiq etiladi. Tadqiqot  davomida  ushbu ijtimoiy muammo san’at vositasi orqali qanday ifodalanganiga chuqur e’tibor qaratilgan

Author Biography

  • Turg’unova Zohida Shavkat qizi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Buxgalteriya fakulteti

    BHA-50/24-guruhi talabasi

References

Published

2026-05-17