REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA ENDOMETRIY YALLIG‘LANISHLI PATOLOGIYALARINI ERTA TASHXISLASHDA KOMPLEKS DIAGNOSTIK YONDASHUVNING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: surunkali endometrit, reproduktiv salomatlik, immunogistokimyo, CD138, endometriy, morfologik diagnostika, ultratovush tekshiruvi, gormonal disbalans, bepushtlik, reproduktiv funksiyalar.Abstract
Annotatsiya. Reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriyning yallig‘lanishli kasalliklari, xususan surunkali endometrit reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim patologik holatlardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi surunkali endometritni erta aniqlashda klinik, ultratovush, morfologik va immunogistokimyoviy usullarning kompleks qo‘llanilish samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotda 240 nafar reproduktiv va perimenopauzal yoshdagi ayollar ishtirok etdi. Barcha bemorlarda klinik simptomlar, ultratovush ko‘rsatkichlari, gormonal profil hamda immunogistokimyoviy markerlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari CD138 markerining surunkali endometritni aniqlashdagi yuqori diagnostik ahamiyatini ko‘rsatdi. Kompleks diagnostik yondashuv kasallikni erta bosqichlarda aniqlash, differensial tashxis sifatini oshirish va individual davolash strategiyasini tanlash imkonini berdi.