DIQQAT YETISHMASLIGI VA GIPERAKTIVLIK.
Keywords:
Kalit soʻzlar: diqqat yetishmasligi, giperaktivlik sindromi, DEGS, pedagogika, psixologiya, o‘quvchi, ta’lim jarayoni, impulsivlik, rivojlanish, individual yondashuv.Abstract
Annotasiya: Ushbu maqolada diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DEGS)ning nazariy asoslari, kelib chiqish omillari, asosiy belgilari hamda uning bolalar va o‘smirlar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Mazkur sindrom zamonaviy pedagogika va psixologiya sohalarida dolzarb muammolardan biri bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoni, ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada DEGSning irsiy, biologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi yoritilib, diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, ortiqcha harakatchanlik va impulsiv xatti-harakatlar kabi asosiy belgilar tavsiflangan. Shuningdek, ushbu sindromga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashning samarali pedagogik va psixologik usullari, individual yondashuvning ahamiyati hamda ota-onalar va o‘qituvchilar hamkorligining o‘rni haqida fikr yuritiladi.