REKLAMA VA MARKETING MATNLARIDA ANTROPONIMLARDAN FOYDALANISHNING PRAGMATIK JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: reklama diskursi, marketing kommunikatsiyasi, antroponim, pragmatik effekt, brending, lingvokulturologiya, manipulyatsiya, iste’molchi xulq-atvori.Abstract
Ushbu tezisda reklama va marketing diskursida shaxs nomlaridan (antroponimlardan) foydalanishning pragmatik, sotsiolingvistik hamda lingvokulturologik jihatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy tadqiq etilgan. Maqsadli auditoriya ruhan va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish, brendga nisbatan ishonch hamda sodiqlik tuyg‘usini shakllantirishda shaxs ismlarining manipulyativ va motivatsion imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mashhurlar ismlari (selebriti-brending), tarixiy shaxslar nomlari hamda toifadosh xarakterga ega universal ismlarning reklama matni jozibadorligini ta’minlashdagi o‘rni aniqlangan bo‘lib, xalqaro marketing komunikatsiyalarida milliy nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
References
Downloads
Published
2026-06-10