FNTECH EKOTIZIMLARIDA KIBERJINOYATCHILIK: MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR XAVFSIZLIGINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Keywords:
Kаlit sо‘zlаr: FNTECH ekotizimlari, Kiberjinoyatchilik, Moliyaviy texnologiyalar, Xavfsizlik muammolari, Kriptovalyutalar, Mobil to'lovlar, Onlayn bank xizmatlariAbstract
Ushbu maqola FNTECH ekotizimlarida kiberjinoyatchilik muammolarini moliyaviy texnologiyalar xavfsizligi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalar, masalan, kriptovalyutalar, mobil to'lovlar va onlayn bank xizmatlari, yangi imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, kiberhujumlar va firibgarliklar uchun ham yangi yo'nalishlarni ochmoqda. Kiberjinoyatchilar foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini o'g'irlash, hisob raqamlariga kirish va moliyaviy resurslarni talon-taroj qilish kabi usullardan foydalanadilar. Maqolada FNTECH ekotizimlarida mavjud bo'lgan asosiy xavflar, ularning iqtisodiy ta'siri va moliyaviy texnologiyalar xavfsizligini oshirish uchun zarur bo'lgan strategiyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, foydalanuvchilarni himoya qilish va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun ilg'or texnologiyalar va innovatsion yechimlar haqida ham ma'lumot beriladi.