HANAFIY MAZHABI RIVOJIGA HISSA QO`SHGAN OLIM QOSIM IBN QUTLUBUG`A
Abstract
Qosim ibn Qutlubug‘o Zaynuddin as-Suduniy (vaf. 879 h./1474 m.)
Qosim ibn Qutlubug‘o Zaynuddin Abu-l-Adl as-Suduniy hanafiy mazhabining yirik faqihi, muhaddisi va olimlaridan biri bo‘lgan. U otasining ozod qiluvchisi bo‘lgan Sudun ash-Shayxuniy nomiga nisbat berilib “as-Suduniy” deb atalgan. Hijriy 802-yilda (milodiy 1399-yil) Qohirada tug‘ilgan. Otasi u hali yoshligida vafot etgani sababli yetim ulg‘aygan. U Qur’oni karimni va bir qator kitoblarni yod olgan. Dastlab tirikchilik uchun tikuvchilik bilan shug‘ullangan va bu kasbda mohirlik darajasiga yetgan. Keyinchalik butun e’tiborini ilm olishga qaratib, o‘z davrining mashhur olimlaridan ta’lim olgan.
References
Downloads
Published
2026-06-19