MARKAZIY OSIYODA DINLARARO BAG’RIKENGLIK: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY AHAMIYAT

Authors

  • Jamoliddin Karimov Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, dinlararo bag‘rikenglik, diniy xilma-xillik, islom, zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, yahudiylik, Buyuk Ipak yo‘li, dinlararo muloqot, diniy erkinlik, O‘zbekiston.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda dinlararo bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari, uning shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan boshlab mintaqada zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, yahudiylik va islom dinlarining o‘zaro munosabatlari hamda ularning madaniy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, islom davrida shakllangan bag‘rikenglik an’analari, Temuriylar va Buxoro amirligi davridagi diniy hamjihatlik tajribasi, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy bag‘rikenglik siyosati va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida Markaziy Osiyoning tarixiy tajribasi zamonaviy dunyoda tinchlik, diniy totuvlik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi asoslanadi.

References

Published

2026-06-21