INGLIZ TILIDAGI ARTIKLLARNI O‘ZBEK AUDITORIYASIGA O‘RGATISH: TIZIMLI MUAMMOLAR, LINGVISTIK TAHLIL VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YECHIMLAR

Authors

  • Aslonova Munisa Author

Abstract


​         Annotatsiya: ​Ushbu maqolada ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan o‘zbek tilli auditoriyada aniqlik va aniqsizlik artikllari (the, a/an) tizimini shakllantirish muammolari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi o‘zbek va ingliz tillarining tipologik jihatdan turlicha tuzilishga egaligi, xususan, o‘zbek tilida artikl kategoriyasining mutloq mavjud emasligi bilan belgilanadi. Maqolada ona tilining salbiy interferensiyasi, o‘quvchilar tomonidan qoidalarni noto‘g‘ri umumlashtirish tendensiyalari tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan kontrastiv-kontekstual va kommunikativ metodologiyalar taklif etiladi.

References

Published

2026-06-22