KO‘P XONADONLI UYLARDA KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH SIFATINI BOSHQARISHDA IQTISODIY RAG‘BATLANTIRISH VA MONITORING MEXANIZMLARINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: ko‘p xonadonli uylar, kommunal xizmatlar, xizmatlar sifati, sifatni boshqarish, iqtisodiy rag‘batlantirish, raqamli monitoring, iste’molchilar qoniqishi, boshqaruv samaradorligi.Abstract
Annotatsiya: mazkur maqolada ko‘p xonadonli uylarda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini boshqarishda iqtisodiy rag‘batlantirish va monitoring mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda kommunal xizmatlar sifati va boshqaruv subyektlari faoliyati samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Agentlik nazariyasi va monitoring nazariyasi yondashuvlari asosida boshqaruv tashkilotlari, mulkdorlar hamda investorlar manfaatlarini uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Xususan, boshqaruv tashkilotlari faoliyatini asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash, reytinglash va natijaga bog‘liq bonus tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida xizmatlar sifatini doimiy monitoring qilish, iste’molchilar fikr-mulohazalarini tizimli yig‘ish va tahlil qilishning amaliy mexanizmlari asoslangan. Tadqiqot natijalari kommunal xizmatlar sifati, moliyaviy barqarorlik va iste’molchilar qoniqish darajasini oshirishga xizmat qiluvchi samarali boshqaruv modelini shakllantirish imkonini beradi.