RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Raqamli transformatsiya, raqamli to‘lov tizimlari, naqd pulsiz hisob-kitob, iqtisodiy samaradorlik, moliyaviy texnologiyalar (FinTech), elektron to‘lovlar, moliyaviy shaffoflik, raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar, kiberxavfsizlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida raqamli to‘lov tizimlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli to‘lov texnologiyalarining joriy etilishi natijasida moliyaviy operatsiyalarning tezligi, qulayligi va shaffofligi oshib borayotgani, naqd pulsiz hisob-kitoblarning kengayishi esa iqtisodiy jarayonlarning samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, raqamli to‘lov tizimlarining tadbirkorlik faoliyati, soliq tushumlari va moliyaviy boshqaruv samaradorligiga ijobiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tezisda mavjud muammolar — kiberxavfsizlik, raqamli savodxonlik darajasi va texnik infratuzilma bilan bog‘liq masalalar ham tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy taklif va yechimlar bayon etilgan.