CANNY EDGE DETECTION ALGORITMI YORDAMIDA TASVIRLARDAGI OBYEKT KONTURLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH.

Authors

  • Xo‘jayev Shukurjon Ahmedovich Author
  • Xusainov Xikmat Yusupbayevich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Canny Edge Detection, qirra aniqlash, kontur aniqlash, computer vision, OpenCV, gradient, Sobel operatori, Non-Maximum Suppression, Double Thresholding, tasvirni qayta ishlash, sun'iy intellekt.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada kompyuter ko‘rishi va tasvirlarni qayta ishlash sohasida keng qo‘llaniladigan Canny Edge Detection algoritmi yordamida tasvirlardagi obyekt konturlarini aniqlash masalasi o‘rganiladi. Canny algoritmi tasvirlardagi muhim qirralarni aniqlash, shovqinlarni kamaytirish hamda obyekt chegaralarini aniq ajratib olish imkonini beruvchi samarali usullardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda algoritmning nazariy asoslari, matematik modeli va asosiy bosqichlari, jumladan, Gauss filtri yordamida shovqinni kamaytirish, gradientlarni hisoblash, Non-Maximum Suppression va Double Thresholding jarayonlari batafsil tahlil qilinadi.

References

Published

2026-06-24