KADZUO ISHIGURONING “NOCTURNES: FIVE STORIES OF MUSIC AND NIGHTFALL” ASARIDA MUSIQA, SEVGI VA INSONIY MUNOSABATLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kadzuo Ishiguro, Nocturnes, musiqa, sevgi, do‘stlik, zamonaviy adabiyot, xarakter yaratish, insoniy munosabatlar.Abstract
Ushbu maqolada Kadzuo Ishiguroning 2009-yilda nashr etilgan Nocturnes: Five Stories of Music and Nightfall hikoyalar to‘plamida musiqaning insoniy munosabatlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayniqsa “Crooner”, “Come Rain or Come Shine” va “Cellists” hikoyalariga e’tibor qaratilib, ularda musiqa do‘stlik, sevgi va shaxsiy identifikatsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, musiqa insonlarni birlashtiruvchi kuchli omil bo‘lsa-da, u samimiy hissiy tushunish va shaxslararo muloqotning o‘rnini bosa olmaydi. Matn tahlili asosida Ishiguroning qahramonlari o‘rtasidagi munosabatlar ko‘proq hayrat va musiqiy yaqinlikka asoslangani, haqiqiy hissiy yaqinlik esa ikkinchi planda qolishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari musiqaning bir tomondan birlashtiruvchi vosita, ikkinchi tomondan esa nostalgiya, intilish va hissiy zaiflik ramzi sifatida namoyon bo‘lishini ochib beradi.