MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, pedagogik loyihalashtirish, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim muhiti, ta’lim platformalari, raqamli kompetensiya, innovatsion ta’lim, elektron ta’lim resurslari, ta’lim samaradorligi.Abstract
Mazkur tezisda mustaqil ta’limni pedagogik loyihalashtirishda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli ta’lim muhitida mustaqil ta’limni tashkil etishning metodologik yondashuvlari, ta’lim platformalarining didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini samarali boshqarish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida mustaqil ta’lim samaradorligini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari, jumladan, motivatsion muhitni shakllantirish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, individual ta’lim trayektoriyalarini yaratish va pedagogik qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalardan maqsadli foydalanish mustaqil ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilish faolligini kuchaytirish hamda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.