TALABA QIZLARDA PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMLARI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Nasulloyeva Shahnoza Ilhom qizi Author
  • Jumayeva Aziza Hamid qizi Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: talaba qizlar, psixologik himoya mexanizmlari, Ego-himoya, ratsionalizatsiya, sublimatsiya, psixologik immunitet, raqobat muhiti, psixologik xavfsizlik, emotsional intellekt.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tezisda oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talaba qizlarda psixologik himoya mexanizmlari shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va tizimli qonuniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Globallashuv sharoitidagi intellektual yuklamalar, xususan, oliy ta’limda grantlarni qayta taqsimlashning yangi tartibi keltirib chiqargan raqobatli muhitda talaba qizlar ruhiyatidagi adaptiv oʻzgarishlar va “psixologik immunitet” fenomeni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qizlar shaxsida ratsionalizatsiya, inkor etish, siqib chiqarish va sublimatsiya kabi himoya usullarining ustuvorligi aniqlanib, ularning oilaviy muhit hamda emotsional intellekt bilan oʻzaro bogʻliqligi xorijiy va mahalliy psixologik yondashuvlar doirasida koʻrib chiqilgan.

References

Published

2026-06-25