SUV RESURSLARIDAN TARMOQLARARO FOYDALANISH FAOLIYATI BOSHQARUVIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
Keywords:
Kalit so‘zlar: suv resurslari, tarmoqlararo foydalanish, boshqaruv omillari, suv taqsimoti, integrativ boshqaruv, suv xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik.Abstract
ANNOTATSIYA: Ushbu maqola suv resurslaridan tarmoqlararo (qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, kommunal xo‘jalik va ekologik tizimlar o‘rtasida) foydalanish faoliyatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni tizimli tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi iqlim o‘zgarishi, aholi sonining o‘sishi va iqtisodiy tarmoqlarning suvga bo‘lgan talabining keskin ortishi sharoitida suv resurslaridan samarali va adolatli foydalanishni ta’minlash zarurati bilan belgilanadi. Maqolaning asosiy maqsadi – suv resurslaridan tarmoqlararo foydalanish boshqaruviga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, ularni tasniflash va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy va statistik tahlil, shuningdek, ekspert baholash usullari qo‘llanilgan.