PIYOZNI EKISH TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ZARARKUNANDA HASHAROTLAR BILAN ZARARLANISHINI KAMAYTIRISH

Authors

  • M.B.Doschanova Author
  • Jumanazarov H.O‘ Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: piyoz, Delia antiqua, Thrips tabaci, agrotexnologiya, almashlab ekish, biologik kurash, zararkunanda.

Abstract

        Piyoz (Allium cepa L.) dunyoda va Oʻzbekistonda eng muhim sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning hosildorligi va mahsulot sifati ko‘plab omillarga, jumladan zararkunanda hasharotlar ta'siriga bogʻliq. Piyoz pashshasi (Delia antiqua), tamaki tripsi (Thrips tabaci), shira va boshqa zararkunandalar hosilning 20–50 % gacha kamayishiga sababchi boʻladi. Ushbu maqolada piyozni toʻgʻri ekish agrotexnologiyasi, almashlab ekish, optimal ekish muddatlari, o‘simlik zichligi, sug‘orish va oziqlantirish tizimining zararkunandalar sonini kamaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, biologik va agrotexnik himoya usullarining afzalliklari yoritilgan.

References

Published

2026-07-09