SANOAT KORXONALARIDA YUQORI TEXNOLOGIK USKUNALARNI TANLASHNING KO‘P MEZONLI IQTISODIY BAHOLASH MEXANIZMI
Keywords:
Kalit so‘zlar: sanoat korxonasi, yuqori texnologik uskuna, ko‘p mezonli baholash, AHP, TOPSIS, umumiy egalik qiymati, investitsiya samaradorligi, risk, raqamlashtirish, texnologik modernizatsiya., Ключевые слова: промышленное предприятие, высокотехнологичное оборудование, многокритериальная оценка, AHP, TOPSIS, совокупная стоимость владения, инвестиционная эффективность, риск, цифровизация., Keywords: industrial enterprise, high-tech equipment, multi-criteria evaluation, AHP, TOPSIS, total cost of ownership, investment efficiency, risk, digitalization.Abstract
Annotatsiya. Maqolada sanoat korxonalarida yuqori texnologik uskunalarni tanlash jarayonini iqtisodiy, texnik, ekspluatatsion, strategik va ekologik mezonlar asosida kompleks baholash masalalari tadqiq etilgan. Uskunalarni faqat xarid narxi yoki ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha tanlash qarorning uzoq muddatli samaradorligini to‘liq ifodalamasligi asoslangan. AHP va TOPSIS usullarini riskka tuzatilgan moliyaviy baholash bilan integratsiya qiluvchi ko‘p mezonli mexanizm taklif etilgan. Mexanizmda mezonlar ierarxiyasi, vazn koeffitsientlarini aniqlash, alternativ uskunalarni normallashtirish, ideal yechimga yaqinlik koeffitsientini hisoblash, umumiy egalik qiymati va investitsiya risklarini baholash bosqichlari belgilangan. Shartli misol asosida uchta uskuna varianti qiyosiy baholanib, eng maqbul variantni tanlash tartibi ko‘rsatilgan.
Аннотация. В статье исследованы вопросы комплексной оценки выбора высокотехнологичного оборудования на промышленных предприятиях на основе экономических, технических, эксплуатационных, стратегических и экологических критериев. Предложен многокритериальный механизм, интегрирующий методы AHP и TOPSIS с финансовой оценкой, скорректированной на риск. Определены этапы формирования иерархии критериев, расчета весовых коэффициентов, нормализации альтернатив, определения близости к идеальному решению, оценки совокупной стоимости владения и инвестиционных рисков.
Abstract. The article investigates the comprehensive selection of high-tech equipment in industrial enterprises using economic, technical, operational, strategic, and environmental criteria. A multi-criteria mechanism integrating AHP and TOPSIS with risk-adjusted financial appraisal is proposed. The mechanism covers criteria hierarchy formation, weight determination, normalization of alternatives, calculation of closeness to the ideal solution, total cost of ownership, and investment-risk assessment. A conditional case involving three equipment alternatives demonstrates the selection procedure.