SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISHDA TASHKILIY VA IQTISODIY MEXANIZMLARNING INTEGRATSIYASI: ANDIJON VILOYATI MISOLI

Authors

  • Karimov Anvarjon Muqumjonovich Author

Keywords:

Kalit so'zlar: suv resurslari boshqaruvi, tashkiliy mexanizm, iqtisodiy mexanizm, integratsiyalashgan model, suv foydalanuvchilar uyushmalari, narx siyosati, Andijon viloyati, suv samaradorligi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada suv resurslaridan foydalanish faoliyatini boshqarishda tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarning o'zaro integratsiyasiga asoslangan yangicha boshqaruv modeli taqdim etiladi. Mavjud yondashuvlardan farqli ravishda, suv xo'jaliklari tashkiliy tuzilmasi va suv taqsimotining iqtisodiy mexanizmlari (narx siyosati, to'lov tizimi, subsidiyalar, rag'batlantirish) bir-biri bilan integratsiyalashgan holda tizimli model sifatida ishlab chiqilgan. Modelda boshqaruv qarorlarining tashkiliy va iqtisodiy samaradorlik o'rtasidagi bog'liqlik aks ettirilgan bo'lib, Andijon viloyati misolida uni qo'llash suv taqsimotidagi yo'qotishlarni 47% ga kamaytirish va suvdan foydalanish samaradorligini 38% ga oshirish imkoniyatini berishi ko'rsatilgan.

References

Published

2026-07-25