BUXORO VILOYATI SHAROITIDA ChERRI POMIDORNI TURLI TEXNOLOGIK USULDA YETISHTIRISH NATIJALARI

Authors

  • Saidov Mahmud Amonovich Author
  • Saidova Gulshoda Anvar qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: cherri pomidor, Fazilat cherry navi, ochiq dala, shpalera, soyalatish to‘ri, fenologik fazalar, biometrik ko‘rsatkichlar, hosildorlik.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda ochiq dala sharoitida yetishtirilgan pomidorining Fazilat cherri navida turli agrotexnik usullar (soya beruvchi setka, tirgovuch hamda shpalera usullari) qo‘llanilganda o‘simlikning fenologik rivojlanish bosqichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar pomidor o‘simligining o‘sish va rivojlanish muddatlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Xususan, shpalera va soya beruvchi setka qo‘llanilgan variantlarda vegetatsiya davri nisbatan qisqargani va mevalarning tezroq pishishi kuzatildi. Nazorat variantiga nisbatan boshqa usullarda o‘simliklarning gullash va meva pishish fazalari biroz ertaroq sodir bo‘lgani qayd etildi. Olingan natijalar pomidor yetishtirishda samarali agrotexnik usullarni tanlash orqali o‘simlik rivojlanishini boshqarish va hosildorlikni oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-07-25