KORXONA BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI VA IQTISODIY MEXANIZMLARI

Authors

  • Anvarova Lobarxon Sherzod qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: korxona boshqaruvi, boshqaruv samaradorligi, zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari, iqtisodiy mexanizm, strategik boshqaruv, raqamli boshqaruv, Lean Management, Agile Management, KPI, mehnat unumdorligi, innovatsion boshqaruv.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda korxona boshqaruvi samaradorligini oshirishning zamonaviy konsepsiyalari va iqtisodiy mexanizmlari nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxonalarning barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligini mustahkamlashi va mavjud resurslardan samarali foydalanishi ko‘p jihatdan boshqaruv tizimining samaradorligiga bog‘liq. Tadqiqotda strategik boshqaruv, jarayonli boshqaruv, natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv, Lean Management, Agile Management, innovatsion va raqamli boshqaruv kabi zamonaviy konsepsiyalarning korxona faoliyati samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirishda iqtisodiy rag‘batlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish, KPI tizimidan foydalanish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilish mexanizmlarining ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijasida korxona boshqaruvi samaradorligini kompleks baholash va uni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.

References

Published

2026-08-12