QASHQADARYO VILOYATIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI TARMOQLAR BO‘YICHA DIVERSIFIKATSIYA QILISH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: oilaviy tadbirkorlik, tarmoq diversifikatsiyasi, hududiy iqtisodiyot, iqtisodiy faoliyat turlari, oilaviy korxona, kichik tadbirkorlik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, Qashqadaryo viloyati.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida oilaviy tadbirkorlikni tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiya qilish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishi hududiy tadbirkorlik tarkibining shakllanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mavjud tarkibi hamda yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarining yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni bir nechta faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlantirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish hamda hududiy iqtisodiyotning turli segmentlarida oilaviy biznes ishtirokini oshirish imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijasida Qashqadaryo viloyatida oilaviy tadbirkorlikni tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.