O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON RESUPBLIKALARI O‘RTASIDA MADANIY ALOQALARNING HUQUQIY-NORMATIV BAZASINING SHAKLLANISHI BOSQICHI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Qozog‘iston, madaniy aloqalar, huquqiy-normativ baza, xalqaro shartnomalar, madaniy-gumanitar hamkorlik, diplomatik munosabatlar, ilmiy almashinuv, madaniyat kunlari, Markaziy Osiyo integratsiyasi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarning huquqiy-normativ asoslari shakllanish jarayoni tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda ikki davlat mustaqillikka erishganidan keyingi davrda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan xalqaro shartnomalar, hukumatlararo bitimlar va huquqiy hujjatlarning mazmuni ochib berilgan. Maqolada madaniy almashinuvlar, ilmiy hamkorlik, ijodiy jamoalar faoliyati, madaniyat kunlari va umumiy tarixiy-madaniy meros asosida shakllangan aloqalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning nafaqat gumanitar munosabatlarni mustahkamlashdagi, balki mintaqaviy barqarorlik va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, tarixiy yaqinlik va umumiy qadriyatlar asosida rivojlanganini ko‘rsatadi.