YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA IJTIMOIY ISHNING PROFILAKTIK YONDASHUVLARI VA SAMARALI MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yoshlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ijtimoiy ish, profilaktika, ijtimoiylashuv, ijtimoiy mas’uliyat, qadriyatlar, yoshlar siyosati, ijtimoiy xizmat, individual yondashuv.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish jarayonida ijtimoiy ishning profilaktik yondashuvlari, ularning mazmun-mohiyati hamda samaradorligini ta’minlovchi omillar tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ko‘lami kengayib borayotgan bir sharoitda ularning axloqiy qarashlari, ijtimoiy mas’uliyati, huquqiy va fuqarolik madaniyatini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada ijtimoiy ish mutaxassislarining yoshlar bilan individual va guruhiy ishlash, muammoli vaziyatlarni erta aniqlash, ijtimoiy xavf omillarini bartaraf etish, oilaviy va ta’lim muhitini sog‘lomlashtirish hamda yoshlarni ijtimoiy faoliyatga jalb etishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, profilaktik faoliyatning manzilliligi, individual yondashuv, oila–ta’lim muassasasi–mahalla hamkorligi, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash va raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalanish yoshlar bilan ijtimoiy ish samaradorligini oshiruvchi asosiy omillar sifatida asoslab beriladi.