YENGIL BETON EGILUVCHI ELEMENTLARNING QIYA KESIMLAR MUSTAHKAMLIGINI A.S.ZALESOV METODIKASI BO'YICHA BAHOLASH
Keywords:
Kalit so'zlar: qiya kesim, A.S.Zalesov metodikasi, yengil beton, bikirlik moduli, nagel effekti, temirbeton, QMQ 2.03.01-96.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada g'ovakli to'ldiruvchilar asosidagi yengil beton egiluvchi elementlarning qiya kesim mustahkamligi professor A.S.Zalesov tomonidan ishlab chiqilgan metodika bo'yicha baholangan. Metodikaning nazariy asoslari, xususan qiya yoriq ustidagi betonning siqilish zonasi, bo'ylama armaturaning nagel effekti va ko'ndalang armatura qabul qiladigan kuchlarni hisobga oluvchi formulalar keltirilgan. Natijalar amaldagi QMQ 2.03.01-96 hisobi va 15 ta tajriba balkasi natijalari bilan solishtirilgan. Aniqlanishicha, A.S.Zalesov metodikasi bo'yicha olingan nazariy buzuvchi yuklamalar tajriba natijalariga QMQ hisobiga nisbatan ancha yaqin chiqadi, chunki bu metodika betonning nafaqat mustahkamlik, balki deformativ xususiyatlarini (bikirlik modulini) ham hisobga oladi. Bu esa yengil va og'ir beton balkalarning qiya kesim mustahkamligi bo'yicha yaqinlashishini nazariy jihatdan izohlash imkonini beradi.