BOBORAHIM MASHRAB SHE’RIYATIDA PRESEDENT NOMLARNING LINGVOPOETIK VA LINGVOKULTUROLOGIK TABIATI

Authors

  • Nishonova Xurshida Yusufjanovna, Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Boborahim Mashrab, presedent nom, presedent birlik, lingvopoetika, lingvokulturologiya, poetik obraz, milliy-madaniy xotira, tasavvuf, irfoniy tafakkur, ramziy ma’no, assotsiativlik, intertekstual aloqa, tarixiy nomlar, diniy nomlar, badiiy matn.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada Boborahim Mashrab she’riyatida qo‘llangan presedent nomlarning lingvopoetik va lingvokulturologik tabiati tadqiq etiladi. Presedent nomlarning shoir badiiy tafakkuridagi o‘rni, ularning milliy-madaniy xotirani ifodalash, tarixiy, diniy, tasavvufiy va adabiy-estetik mazmunni ixcham shaklda ifodalash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mashrab poetik matnida Qur’on va hadis obrazlari, payg‘ambarlar, avliyolar, tarixiy shaxslar hamda mumtoz adabiyot vakillari nomlarining qo‘llanish xususiyatlari ochib beriladi. Presedent nomlarning nominativ vazifadan tashqari, ramziy, assotsiativ, baholovchi va ekspressiv-semantik funksiyalari aniqlanadi. Shuningdek, bunday nomlarning shoirning irfoniy dunyoqarashi, tasavvufiy tafakkuri va xalqning lingvomadaniy qadriyatlari bilan uzviy aloqasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari Mashrab she’riyatida nom va obraz munosabatining lingvopoetik mexanizmlarini hamda presedent birliklarning milliy-madaniy kodni shakllantirishdagi ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi.

References

Published

2026-09-16