INKLYUZIV IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISHGA BO‘LGAN NAZARIY QARASHLAR EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Nazirova Iroda Nigmatjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: inklyuziv iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat, daromadlar taqsimoti, farovonlik iqtisodiyoti, bandlik, institutsional rivojlanish, tengsizlik.

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv iqtisodiyot tushunchasining shakllanish jarayoni nazariy-tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, inklyuziv iqtisodiyot g‘oyasi mustaqil ilmiy kategoriya sifatida emas, balki iqtisodiy o‘sish, daromadlar taqsimoti, ijtimoiy adolat va inson kapitali rivojlanishi kabi masalalar kesimida bosqichma-bosqich shakllangan. Maqolada klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari (A.Smit, D.Rikardo, J.S.Mill)ning mehnat unumdorligi, bozor erkinligi va taqsimot munosabatlariga oid qarashlaridan boshlab, A.Pigu farovonlik iqtisodiyoti, J.M.Keyns bandlik va samarali talab nazariyasi, shuningdek rivojlanish iqtisodiyoti vakillari (A.Lyuis, G.Myurdal, S.Kuznets)ning tengsizlik va tarkibiy o‘zgarishlarga oid konsepsiyalarigacha bo‘lgan nazariy evolyutsiya izchil yoritilgan. Xususan, S.Kuznetsning “o‘sish – tengsizlik” gipotezasi asosida iqtisodiy o‘sishning o‘z-o‘zidan inklyuziv natijaga olib kelmasligi, balki bu jarayonning institutlar sifati, davlat siyosati, mehnat bozori va ta’lim tizimi kabi omillar orqali belgilanishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari inklyuziv iqtisodiyot nazariyasining metodologik asoslarini chuqurroq tushunish, shuningdek amaliy iqtisodiy siyosat ishlab chiqishda foydalanish uchun nazariy ahamiyatga ega.

References

Published

2026-09-16