O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHIDA SAMARADORLIK INDEKSI KO‘RSATKICHLARI VA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Authors

  • Nazirova Iroda Nigmatjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: inklyuziv iqtisodiyot, samaradorlik indeksi, Gini koeffitsienti, Inson taraqqiyoti indeksi, gender tenglik, Barqaror rivojlanish maqsadlari, milliy iqtisodiyot.

Abstract

Ushbu bo‘limda O‘zbekistonda inklyuziv iqtisodiyot rivojlanish darajasini baholashda qo‘llaniladigan asosiy xalqaro va tarkibiy indeks ko‘rsatkichlari — Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksi (SDG Index), Gini koeffitsienti, Inson taraqqiyoti indeksi (HDI), gender tengligi indekslari va Elektron hukumat rivojlanish indeksi (EGDI) — tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakat so‘nggi yillarda ushbu ko‘rsatkichlarning aksariyati bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishgan bo‘lsa-da, gender tengsizligi va hududiy tafovutlar inklyuziv o‘sish salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘siq bo‘lib qolmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarning milliy iqtisodiyotga ta’siri inson kapitali sifati, ichki talab barqarorligi va institutsional samaradorlik kanallari orqali namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.

References

Published

2026-09-16