ROCHELIA CARDIOSEPALA BUNGE O’SIMLIGINI POYA-BARG NAMUNASINING MAKRO VA MIKRO ELEMENTLARI TAHLILI
Abstract
O‘simliklarning mineral tarkibini o‘rganish ularning kimyoviy xususiyatlarini tavsiflashda muhim yo‘nalishlardan biridir. O‘simlik to‘qimalarida mineral elementlar turli miqdorlarda uchrab, ularning umumiy kimyoviy tarkibining shakllanishida ishtirok etadi. Elementlarning miqdoriy nisbati o‘simlikning vegetativ qismi, o‘sish sharoiti, tuproq tarkibi va boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘simlik namunalaridagi elementlarni aniqlash uchun zamonaviy instrumental analitik usullardan foydalanish yuqori sezgirlik va bir vaqtning o‘zida ko‘plab elementlarni aniqlash imkonini beradi. Shunday usullardan biri induktiv bog‘langan plazmali optik emission spektrometriya (ICP–OES) hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda Rochelia cardiosepala Bunge o‘simligining poya-barg qismi alohida namuna sifatida olindi. Tadqiqot aynan ushbu namunaning kimyoviy-element tarkibini aniqlashga qaratilgan. Laboratoriya protokolida namunani tahlilga tayyorlash uchun 200 mg material olingani, 6 ml HNO₃ va 2 ml H₂O₂ qo‘shilib minerallashtirilgani qayd etilgan.