XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA TILSHUNOSLIK ATAMALARINING STRUKTURAVIY-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • YUSUPOVA GO‘ZAL DAVLATOVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: atama, atamaologiya, tilshunoslik, xitoy tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil, semantika, struktura, izolyativ til, agglutinativ til, ekvivalentlik, atama yasash.

Abstract

Mazkur maqolada xitoy va o‘zbek tillaridagi tilshunoslikka oid atamalarning strukturaviy-semantik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Xitoy va o‘zbek tillari turli tipologik tizimlarga mansub bo‘lib, xitoy tili izolyativ, o‘zbek tili esa agglutinativ tillar qatoriga kiradi. Mazkur tipologik farq tilshunoslik atamalarining shakllanishi, grammatik tuzilishi, semantik motivatsiyasi va yangi atamalarni hosil qilish usullarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, semantika va pragmatika sohalariga oid xitoycha hamda o‘zbekcha atamalar qiyosiy tahlil qilinadi. Atamalarning strukturaviy modellari, komponentlar o‘rtasidagi munosabat, semantik muvofiqlik va atamaologik ekvivalentlik darajalariga alohida e’tibor qaratiladi.

References

Published

2026-09-20