MOBIL GIS YORDAMIDA O‘RMON FONDI YERLARINI DALA INVENTARIZATSIYA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH (KOGON TUMANI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: mobil GIS, dala inventarizatsiyasi, o‘rmon fondi yerlari, elektron kartochka, koordinata, foto, geoma’lumotlar bazasi, raqamli kadastr pasporti, Kogon tumani.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda Kogon tumani o‘rmon fondi yerlarini dala sharoitida inventarizatsiya qilishni raqamlashtirishga qaratilgan uslubiy yondashuv taklif etiladi. Yondashuvda mobil GIS yordamida koordinata, foto va kuzatuv natijalarini bevosita joyning o‘zida elektron kartochkaga kiritish ko‘zda tutiladi. Taklif etilgan usul dala ma’lumotlarini standart ko‘rinishda yig‘ish, ularni markaziy geoma’lumotlar bazasi bilan bog‘lash va raqamli kadastr pasportini ishonchli faktik axborot bilan boyitish imkonini beradi.
References
Downloads
Published
2026-09-20