CISTANCHE TRIVALVIS XOMASHYOSINI STANDARTLASHTIRISH: SIFAT KO'RSATKICHLARI VA ANALITIK NAZORAT USULLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: Cistanche trivalvis, xomashyo sifati, standartlashtirish, echinakozid, verbaskozid, HPLC, analitik nazorat.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda O'zbekiston florasiga xos, ammo hozircha kam o'rganilgan Cistanche trivalvis (Trautv.) Korsh. o'simligi xomashyosini standartlashtirish masalasi ko'rib chiqilgan. Turkumning yaxshi o'rganilgan vakillari (C. deserticola, C. tubulosa) misolida qabul qilingan sifat ko'rsatkichlari — tashqi ko'rinish, fizik-kimyoviy ko'rsatkichlar (namlik, kul miqdori), asosiy faol moddalar (echinakozid, verbaskozid) miqdori va mikrobiologik tozalik — tahlil qilindi. Bu ko'rsatkichlarni aniqlashning zamonaviy analitik usullari (HPLC, gravimetrik usullar) yoritilgan hamda quritish texnologiyasining xomashyo sifatiga ta'siri ko'rsatib berilgan. Cistanche trivalvis uchun bunday standart hozircha mavjud emasligi aniqlanib, uni yaratishning dastlabki amaliy bosqichlari (turli hududlardan namuna to'plash, qiyosiy tahlil) taklif etilgan.