O‘ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA OZIQ-OVQAT TA’MINOTI VA UMUMIY OVQATLANISH TIZIMINING SHAKLLANISHI (1917–1939)

Authors

  • Abulqosimova Dildora Asrorovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Turkiston, sovet hokimiyati, oziq-ovqat ta’minoti, oziq-ovqat taqchilligi, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat qo‘mitasi, oziq-ovqat siyosati, davlat ta’minoti, kartochka tizimi, kollektivlashtirish.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida oziq-ovqat ta’minoti va umumiy ovqatlanish tizimining shakllanish jarayoni 1917–1939-yillar doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda oziq-ovqat taqchilligining yuzaga kelish sabablari, sovet hokimiyatining oziq-ovqat siyosati, davlat tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini yig‘ish va taqsimlash tizimining shakllanishi, xususiy savdoning cheklanishi, oziq-ovqat qo‘mitalari faoliyati hamda aholiga arzon va bepul ovqat berish punktlarining tashkil etilishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, yangi iqtisodiy siyosat davrida oziq-ovqat bozorining qisman tiklanishi, 1920-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab davlat nazoratining kuchayishi va kollektivlashtirish jarayonlarining oziq-ovqat ta’minotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sovet davrida oziq-ovqat ta’minoti tizimi bozor munosabatlaridan davlat tomonidan markazlashtirilgan taqsimot mexanizmiga bosqichma-bosqich o‘tganini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-09-21