QALQONSIMON BEZ SARATONI RIVOJLANISHIDA HUJAYRAVIY VA MOLEKULYAR O‘ZGARISHLAR
Abstract
IARC GLOBOCAN 2024 ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha qalqonsimon bez saratonining qariyb 959 mingta yangi holati qayd etilgan bo‘lib, ushbu kasallik yangi holatlar soni bo‘yicha saratonlar orasida 6-o‘rinni egallagan. Shu davrda qalqonsimon bez saratoni bilan bog‘liq 48 070 ga yaqin o‘lim holati kuzatilgan va u saraton kasalliklari orasida o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha 25-o‘rinda qayd etilgan. Uning rivojlanishida ionlovchi nurlanish, irsiy va genetik omillar muhim ahamiyatga ega. Ushbu omillar hujayraning genetik nazorat mexanizmlarini buzib, proliferatsiyaning kuchayishi va apoptozning susayishiga olib kelishi mumkin. Natijada zararlangan hujayralar ko‘payib, o‘sma hosil qiladi. Kasallik rivojlangan sari o‘sma kattalashishi, atrofdagi to‘qimalarga kirib borishi va metastaz berishi mumkin. Ushbu tezisda qalqonsimon bez saratoni rivojlanishining asosiy hujayraviy va molekulyar o‘zgarishlari patofiziologik mexanizmlari sodda va izchil tarzda yoritiladi.