DINIY REALIYALAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MUAMMOSI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: diniy realiya, ekvivalentlik, tarjima, lingvomadaniyat, diniy termin, adekvatlik, transliteratsiya, eksplikatsiya., Keywords: religious realia, equivalence, translation, linguoculture, religious terminology, adequacy, transliteration, explicitation., Ключевые слова: религиозные реалии, эквивалентность, перевод, лингвокультура, религиозная терминология, адекватность, транслитерация, экспликация.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida diniy realiyalarni tarjima qilishda yuzaga keladigan ekvivalentlik muammosiga bag‘ishlangan. Diniy realiyalar muayyan xalqning diniy dunyoqarashi, e’tiqodi, marosimlari, urf-odatlari va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi leksik birliklar sifatida o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatga ega. Shu sababli ularni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida faqat lug‘aviy moslikni ta’minlash yetarli bo‘lmay, birlikning semantik, konnotativ va pragmatik xususiyatlarini ham hisobga olish talab etiladi. Tezisda diniy realiyalarning to‘liq, qisman va nol ekvivalentlik holatlari hamda ularni tarjima qilishda qo‘llanadigan asosiy usullar — transliteratsiya, transkripsiya, o‘zlashtirish, tavsifiy tarjima va eksplikatsiya tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi imam–imom, zakat–zakot, Ramadan–Ramazon, iftar–iftor, halal–halol, Hajj–haj kabi birliklar misolida tarjimada shakliy muvofiqlik bilan lingvomadaniy adekvatlik o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari diniy realiyalar tarjimasida eng maqbul strategiyani tanlash matnning janri, kommunikativ maqsadi va auditoriyasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Abstract: This thesis examines the problem of equivalence in translating religious realia between English and Uzbek. Religious realia reflect the religious worldview, beliefs, rituals, customs, and cultural values of a particular community and therefore possess specific linguocultural features. Their translation requires not only lexical correspondence but also the preservation of semantic, connotative, and pragmatic meanings. The thesis analyzes full, partial, and zero equivalence and discusses major translation strategies, including transliteration, transcription, borrowing, descriptive translation, and explicitation. Examples such as imam–imom, zakat–zakot, Ramadan–Ramazon, iftar–iftor, halal–halol, and Hajj–haj demonstrate the difference between formal correspondence and linguocultural adequacy. The findings indicate that the choice of an appropriate translation strategy depends on the genre of the text, its communicative purpose, and the target audience.
Аннотация: В тезисе рассматривается проблема эквивалентности при переводе религиозных реалий между английским и узбекским языками. Религиозные реалии отражают религиозное мировоззрение, верования, обряды, обычаи и культурные ценности определённого народа и обладают выраженной лингвокультурной спецификой. Поэтому при их переводе необходимо учитывать не только лексическое соответствие, но и семантические, коннотативные и прагматические характеристики единиц. Анализируются случаи полной, частичной и нулевой эквивалентности, а также основные переводческие стратегии: транслитерация, транскрипция, заимствование, описательный перевод и экспликация. На примере единиц imam–imom, zakat–zakot, Ramadan–Ramazon, iftar–iftor, halal–halol, Hajj–haj выявляется различие между формальным соответствием и лингвокультурной адекватностью. Результаты показывают, что выбор переводческой стратегии зависит от жанра текста, его коммуникативной цели и целевой аудитории.