SUPES GRUNTNING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARIGA NICOFLOK POLIMER-MINERAL KOMPOZITSIYASINING TA’SIRINI EKSPERIMENTAL TADQIQ QILISH NATIJALARI

Authors

  • Sharipov A.R Author
  • Mamatmo‘minov A.T. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: supes grunt, Nicoflok, polimer-mineral kompozitsiya, gruntni mustahkamlash, yo‘l to‘shamasi, siqilish mustahkamligi, egilish mustahkamligi, suv shimuvchanlik, suvga chidamlilik, eksperimental tadqiqot.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tezisda supes gruntning fizik-mexanik xususiyatlariga Nicoflok polimer-mineral kompozitsiyasining ta’siri eksperimental jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda supes gruntining optimal namligi va maksimal zichligi Proktor usuli asosida aniqlanib, sement hamda Nicoflok polimer-mineral kompozitsiyasi bilan mustahkamlangan namunalar tayyorlangan. Namunalar 7, 14 va 28 sutkalik muddatlarda saqlanib, ularning siqilishdagi mustahkamligi, egilishdagi cho‘zilish mustahkamligi, suv shimuvchanligi va suvga chidamlilik koeffitsiyenti aniqlangan. 28 sutkalik sinov natijalariga ko‘ra, sement va Nicoflok birgalikda qo‘llanilgan tarkibda egilishdagi mustahkamlik 3,18 MPa ni tashkil etib, nazorat tarkibidagi 2,26 MPa ga nisbatan qariyb 41 % yuqori natija bergan. Shuningdek, Nicoflok qo‘llanilgan tarkiblarda suv shimuvchanlikning amalda kuzatilmagani hamda suvga chidamlilik koeffitsiyentining nazorat tarkibiga nisbatan yuqori bo‘lgani aniqlandi. Olingan natijalar Nicoflok polimer-mineral kompozitsiyasidan supes gruntlarni mustahkamlash va yo‘l to‘shamasi asos qatlamlarining suvga hamda deformatsiyaga chidamliligini oshirishda foydalanish imkoniyatini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-09-23