ZAVQIY VA CHARLZ DIKKENS HAJVIYATIDA INDIVIDUAL USLUBNING LISONIY BADIIY IFODASI

Authors

  • Mohinur Akmal qizi Mansurova Author

Keywords:

Kalit so‘zlar. Zavqiy, Charlz Dikkens, individual uslub, hajviy baho, xalqona fonetik shakl, personaj nutqi, takroriy formula, Hard Times.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada Zavqiy va Charlz Dikkens hajviy uslubining individual lisoniy belgilari qiyosiy tahlil qilinadi. Zavqiy she’riyatida ruscha-baynalmilal o‘zlashmalarning xalqona fonetik shakllari yangi ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni nomlash va unga bevosita hajviy baho berishga xizmat qilishi ko‘rsatiladi. Dikkensning Hard Times romanida esa personaj talaffuzi, tayanch so‘z, takroriy formula va sintaktik qurilish qahramonlarni individuallashtirib, ularning dunyoqarashi hamda ichki nomuvofiqligini o‘z nutqi orqali fosh etishi aniqlanadi. Qiyos natijasida har ikki adib jonli nutq materialidan foydalansa-da, Zavqiyda davr muhitining xalqona lug‘aviy belgisi, Dikkensda esa personajga xos takrorlanuvchi nutqiy ovoz ustuvor ekani asoslanadi.

References

Published

2026-09-23