SHAKAR SANOATI DEFEKAT CHIQINDISINI TERMIK VA KIMYOVIY QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • KADIROV N.A Author
  • QURVANNAZAROVA S.N Author

Abstract

Shakar sanoatining rivojlanishi yirik hajmdagi texnogen chiqindilar va ikkilamchi resurslarning hosil boʻlishi bilan uzviy bogʻliqdir. Shakar lavlagisi yoki xomashyosini qayta ishlash texnologik siklda shira tarkibidagi aralashmalarni tozalash (defekatsiya va saturatsiya bosqichlari) natijasida koʻp miqdorda defekat (defekatsion shlam) ajralib chiqadi. Tayyor mahsulot birligiga nisbatan defekat ulushi 8–12% ni tashkil etib, uni toʻplash va poligonlarda saqlash atrof-muhit subyektlariga, xususan, tuproq qatlami va yer osti suvlarining kimyoviy rejimiga sezilarli texnogen va ekologik bosim oʻtkazadi. Defekat chiqindisining asosiy qismini kalsiy karbonat (CaCO3), organik birikmalar hamda mineral elementlar tashkil etadi. Ushbu chiqindini poligonlarda toʻplanishining oldini olish va uni termik-kimyoviy modifikatsiyalash orqali qayta ishlash — sanoatda kalsiy oksidi (CaO) ni qayta tiklash hamda resurs tejovchi “aylanma iqtisodiyot” (circular economy) tamoyillarini joriy etish nuqtai nazaridan dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

References

Published

2026-09-24