QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA MAHSULOTLAR TANNARXINI OPTIMALLASHTIRISHNING INNOVATSION-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qurilish materiallari sanoati, pishgan g‘isht, tannarxni optimallashtirish, iqtisodiy mexanizm, ABC-tahlil, ekonometrik modellashtirish, energiya samaradorligi, Waste Heat Recovery (WHR), raqamlashtirish.Abstract
ANNOTATSIYA. Mazkur ilmiy maqolada respublikamiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i bo‘lgan qurilish materiallari sanoati korxonalarida, xususan pishgan g‘isht ishlab chiqarishda mahsulotlar tannarxini kamaytirish va xarajatlarni optimallashtirishning iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida operatsion jarayonlar kesimida xarajatlarni dekompozitsiya qilishda ABC-tahlil (Activity-Based Costing) hamda omillarning yakuniy tannarxga ta’sirini baholashda ko‘p omilli ekonometrik regressiya modellashtirish usulidan foydalanilgan. Ekonometrik tahlil natijalari mahsulot tannarxi energiya tariflari va transport-logistika xarajatlariga o‘ta sezuvchan ekanligini (R² = 0.884) isbotladi. Aniqlangan empirik qonuniyatlar asosida tarmoqda xarajatlarni tizimli pasaytirishga qaratilgan tarkibiy-innovatsion iqtisodiy mexanizm modeli taklif etilgan. Ushbu mexanizmni amaliyotga joriy etish g‘isht mahsulotlari tannarxini 12.4%–15.2% gacha pasaytirish va korxonalarning sof foyda normasini o‘rtacha 6.8% ga oshirish imkonini beradi.